Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

BOLALAR VA O‘SMIRLARDA ZO‘RIQISH BOSH OG‘RIG‘I (ADABIYOTLAR TAHLILI)

uz
ABI

Annotatsiya

Bolalar nevrologi amaliyotida zo‘riqish bosh og‘rig‘i (ZBO) bolalik davridagi birlamchi bosh og‘riqlarining eng ko‘p uchraydigan turlaridan biri hisoblanadi. Biroq, ushbu tashxis ko‘pincha yetarlicha baholanmaydi, bu esa ZBOni boshqa birlamchi hamda ikkilamchi bosh og‘riqlar bilan qiyosiy tashxislashda muayyan qiyinchiliklarga olib keladi. ZBO turli klinik ko‘rinishlarga ega bo‘lib, uning rivojlanishida genetik va atrof-muhit omillari bilan bog‘liq murakkab neyrobiologik mexanizmlar muhim rol o‘ynaydi. Standartlashtirilgan anamnez yig‘ish, to‘liq klinik tekshiruv va bosh og‘rig‘i kundaliklarini yuritish to‘g‘ri tashxis va samarali boshqaruvning asosini tashkil etadi. Davolashda birinchi navbatda nofarmakologik yondashuvlar, jumladan, kun tartibini normallashtirish, stressni kamaytirish va psixologik yordam muhim ahamiyatga ega. Zarurat bo‘lganda og‘riq qoldiuvchi simptomatik vositalar hamda ayrim hollarda profilaktik terapiya qo‘llaniladi.

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba