FUQAROLIK ISHLARINI YUQORI INSTANSIYA SUDLARIDA QAYTA KO‘RISH PREDMETI: NAZARIY-HUQUQIY VA PROTSESSUAL JIHATLAR
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada fuqarolik ishlarini yuqori instansiya sudlarida qayta ko‘rish predmetining nazariy-huquqiy va protsessual jihatlari tahlil qilingan. Unda apellyatsiya, kassatsiya, taftish tartibida ish yuritish hamda yangi ochilgan holatlar bo‘yicha sud hujjatlarini qayta ko‘rish institutlarining mazmun-mohiyati, huquqiy tabiati va amaliy ahamiyati ochib berilgan. Maqolada O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari sharoitida yuqori instansiya sudlarining vazifasi faqat quyi sud hujjatlarini formal tekshirish bilan cheklanmasligi, balki sud hujjatlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini ta’minlash, sud xatolarini bartaraf etish, yagona sud amaliyotini shakllantirish hamda shaxsning sud himoyasiga bo‘lgan huquqini real ta’minlashga xizmat qilishi asoslab berilgan.