AYTIM MA’DANLI MAYDONIDA OLTIN MA’DANLASHUVINING JOYLASHUV QONUNIYATLARI VA NAZORAT QILUVCHI STRUKTURAVIY OMILLAR
Annotatsiya
Annotatsiya.Maqolada Aytim ma'danli maydonida oltin ma'danlashuvining fazoviy joylashish qonuniyatlari hamda uni nazorat qiluvchi strukturaviy, litologik va gidrotermal-metasomatik omillar kompleks tahlil qilingan.Tadqiqotlarda 1:1000 masshtabli geologik-strukturaviy xarita, 1:500 masshtabli kesmalar, 18 ta tayanch profil, kanava va burg'u quduqlari ma'lumotlari hamda avvalgi geologik-qidiruv materiallaridan foydalanilgan.Asosiy ma'danli zonalarning shimoli-sharqiy, taxminan 55-60° yo'nalishdagi tektonik zaif zonalar bilan barqaror fazoviy bog'liqligi aniqlangan.Ma'dan tanalarining qalinlashishi, tarmoqlanishi va yuqori Au miqdorli lokal ustunlar uzilmalar qayrilgan, kesishgan, tutashgan hamda qayta faollashgan segmentlarda ko'proq kuzatilishi ko'rsatilgan."Strukturaviy to'lqin" modeli asosida ma'danlilikning qanot va apikal pozitsiyalar bo'yicha asimmetrik taqsimlanishi qayd etilgan, biroq ushbu qonuniyat lokal qidiruv modeli sifatida baholangan.Strukturaviy o'tkazuvchanlik yetakchi nazorat omili bo'lib, terrigen-slanetsli va uglerodli jinslarning xususiyatlari, kvarslashish, seritsitlashish, xloritlashish, karbonatlanish va sulfidlanish oltinning lokal cho'kishi uchun qo'shimcha sharoit yaratgan.