Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

BESHQO‘L INTRUZIVI TOG‘ JINSLARINING GEOLOGIK XUSUSIYATLARI

uz
ABI

Annotatsiya

Annotatsiya.Maqolada Qumbel-Ugom yer yoriqlari zonasi janubiy segmentida joylashgan Beshqo'l kichik intruzivi tog' jinslarining geologik xususiyatlari dala kuzatuvlari va namunalarni makroskopik o'rganish natijalari asosida yoritilgan.Massivdan olingan 10 ta namunaning rangi, donadorligi, strukturasi, teksturasi, ko'zga ko'rinadigan mineral tarkibi va ikkilamchi o'zgarishlari tavsiflandi.Massivning asosiy qismi granosienit va granosienit-porfirlardan tashkil topgani aniqlandi.Ularni qalinligi taxminan 40 m bo'lgan, mayda donali afir sienit shtoki yorib kirgan.Granosienitlarni qalinligi 0,5-2 m bo'lgan, shimoli-g'arbiy yo'nalishda cho'zilgan va tik yotgan lamprofir daykalari kesib o'tadi.Massiv ichidagi eni taxminan 30 m bo'lgan kataklazlashgan zonada lamprofirlar yaqinida qalinligi 1-1,5 m bo'lgan sulfidli xloritli metasomatitlar, undan 25-30 m shimoli-g'arbda esa eni 2,5-3 m bo'lgan gematitlashgan sulfidli zona rivojlangan.

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba