Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

IKKI TOMONLAMA TA'MINLANADIGAN ASINXRON GENERATOR ASOSIDAGI SHAMOL ENERGETIKA TIZIMINI MATEMATIK MODELLASHTIRISH VA VEKTORLI BOSHQARISHNI TADQIQ ETISH

2026uz
ABI

Annotatsiya

Maqolada nominal quvvati 2 MW bo‘lgan ikki tomonlama ta’minlanadigan asinxron generator (ITTAG) asosidagitarmoqqa ulangan shamol energetika tizimini matematik modellashtirish, boshqarish va dinamik xususiyatlarinitadqiq etish masalalari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi shamol tezligi o‘zgarganda shamol oqimining kinetikenergiyasini elektr energiyasiga samarali o‘zgartirishni ta’minlaydigan o‘zgaruvchan aylanish tezligiga ega shamol energetikaqurilmasining modelini ishlab chiqish va tahlil qilishdan iborat. Tadqiqot uchun shamol turbinasining aerodinamikqismi va ITTAG elektr mashinasining tizimdagi elektromagnit hamda mexanik jarayonlarni hisobga oluvchi matematikmodel ishlab chiqilgan. Taklif etilgan tizimni modellashtirish va tadqiq etish MATLAB/Simulink dasturiy muhitida amalgaoshirilgan. Tizim samaradorligini tahlil qilish uchun shamol tezligining 7–12 m/s oralig‘ida o‘zgarish rejimi ko‘rib chiqilgan.Modellashtirish natijalari rotor aylanish tezligining shamol tezligi o‘zgarishiga mos ravishda barqaror o‘zgarishini,shuningdek, stator va rotor toklarining barqaror hamda sinusoidal shaklga yaqinligini ko‘rsatdi. Shamol tezligi 12 m/sbo‘lganda stator toki amplitudasi taxminan ±2411 A, effektiv (ta’sir etuvchi) qiymati 1705 A ga erishgan. Elektr energiyasisifatini tahlil qilish stator toki umumiy garmonik buzilishlar koeffitsiyenti (THD) 0,68 % ekanligini ko‘rsatdi. Olingan natijalarshamol tezligining berilgan diapazonida tizimning barqaror ishlashini va stator toki garmonik buzilishlarining past darajasiniko‘rsatadi

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar