SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANGAN HOLDA INTENSIV TERAPIYADA HAMSHIRALIK YORDAMI RAQAMLI MODELINI ISHLAB CHIQISH
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada intensiv terapiya bo‘limlarida hamshiralik yordami samaradorligini oshirishga qaratilgan sun’iy intellekt (SI) texnologiyalariga asoslangan raqamli modelni ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqiladi. Intensiv terapiyada davolanayotgan bolalarning klinik holati tez o‘zgarishi, fiziologik ko‘rsatkichlarning yoshga bog‘liq xususiyatlari hamda uzluksiz monitoringga ehtiyoj mavjudligi hamshiralik faoliyatida raqamli yechimlardan foydalanish zaruratini yuzaga keltiradi. Taklif etilayotgan model elektron tibbiy ma’lumotlarni yig‘ish, fiziologik ko‘rsatkichlarni tahlil qilish, klinik xavf belgilarini aniqlash, hamshiralarga qaror qabul qilishda ko‘maklashish va hamshiralik jarayonini elektron hujjatlashtirish modullarini birlashtiradi. Maqolada modelning konseptual tuzilishi, axborot oqimi, funksional imkoniyatlari va samaradorligini baholash mezonlari ishlab chiqilgan. Shuningdek, bolalar ma’lumotlari xavfsizligi, algoritmlarning ishonchliligi va klinik qarorlar ustidan tibbiyot xodimlarining nazorati muhim shartlar sifatida asoslangan.
Hali tarjima qilinmagan