Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

QO‘SHIMCHA INTEGRAL SHARTLI KASR TARTIBLI DIFFERENSIAL TENGLAMALAR UCHUN TESKARI MASALALAR

Elyor Ibragimovich XayriyevSardor Akrom o‘g‘li G‘afforovOsiyo xalqaro universiteti Ijtimoiy fanlar va texnika fakulteti matematika yo‘nalishi 1-kurs
2026
ABI

Annotatsiya

Maqolada vaqt bo‘yicha Gerasimov–Kaputo ma’nosidagi kasr tartibli hosilali subdiffuziya tenglamasi uchun o‘ng tomonning vaqtga bog‘liq noma’lum ko‘paytuvchisini aniqlash bo‘yicha teskari masala qo‘shimcha integral shart (o‘lchash) asosida o‘rganiladi. Fur’e usuli yordamida to‘g‘ri masala yechimi Mittag-Leffler funksiyalari orqali ifodalanadi, teskari masala esa kuchsiz maxsuslikka ega yadroli ikkinchi tur Volterra integral tenglamasiga keltiriladi. Umumlashgan Gronuoll tengsizligi va ketma-ket yaqinlashishlar usulidan foydalanib, teskari masala yechimining mavjudligi, yagonaligi va berilganlarga uzluksiz bog‘liqligi isbotlanadi. Aniq yechimga ega model misol keltirilib, kasr tartib α ning noma’lum funksiyaga ta’siri tahlil qilinadi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar