Jamol Kamol she’riyatida til shaxsiyati va muallif pozitsiyasining ifodalanishi
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur tezisda zamonaviy o‘zbek she’riyatining yirik namoyandalaridan biri Jamol Kamol ijodida til shaxsiyati va muallif pozitsiyasining ifodalanish xususiyatlari lingvopragmatik nuqtayi nazardan tadqiq etiladi. Badiiy matnda ijodkorning individual nutqiy qiyofasi, dunyoqarashi, axloqiy-estetik qarashlari hamda voqelikka munosabati turli til vositalari orqali namoyon bo‘ladi. Shoirning “Anvarmirzo hikoyatlari” turkumiga kiruvchi “Bo‘lmagil” she’ri misolida muallif nutqining pragmatik xususiyatlari, xususan, direktiv va ekspressiv nutqiy aktlarning badiiy vazifasi tahlil qilinadi. She’riy matnda qo‘llangan murojaat shakllari, buyruq-istak maylidagi birliklar va baholovchi vositalar orqali Jamol Kamolning insoniy kamolot, kamtarlik va ma’naviy yetuklik haqidagi muallif konsepti ochib beriladi.