ED-16 epoksid smolasi asosidagi kompozitsion antikorrozion qoplamaning mikrostrukturasini skanerlovchi elektron mikroskopiya usulida tadqiq etish
Annotatsiya
Maqolada transport vositalari korpus detallarini himoya qilish uchun mo‘ljallangan, ЭПУ-71М bilan modifikatsiyalangan ED-16 epoksid smolasi asosidagi kompozitsion antikorrozion qoplamalarning mikrostrukturasi tadqiq etilgan. ED-16 miqdori 100 g dan 60 g gacha kamaytirilgan va ЭПУ-71М miqdori 0 g dan 40 g gacha oshirilgan beshta tarkib (K-1–K-5) tayyorlandi. Qotgan qoplamalar sirtining morfologiyasi skanerlovchi elektron mikroskopiya (ikkilamchi elektronlar, 10 kV, ×1000) yordamida o‘rganildi, ochiq sirt nuqsonlari (yoriq va g‘ovaklar) ulushi tasvirni binarizatsiyalash orqali aniqlandi. Qoplamalarning fizik-mexanik va ekspluatatsion ko‘rsatkichlari GOST standartlari bo‘yicha aniqlanib, taklif etilgan texnik talablar bilan solishtirildi. K-3 tarkibi (ED-16 80 g, ЭПУ-71М 20 g) eng bir jinsli sirtga ega bo‘lib, nuqsonlar ulushi 0,1 % dan kam bo‘ldi va sakkizta talabdan yettitasiga javob berdi, biroq sovuqqa chidamlilik talabiga javob bermadi; tarkiblarning birortasi ham barcha talablarni to‘liq qanoatlantirmadi.
Hali tarjima qilinmagan