BANK VA MOLIYA BOŞQARUVIDA XALQARO REYTING VA INDEKSLARNING ÖZARO UYĞUNLIGI
Annotatsiya
Maqolada bank va moliya boşqaruvida xalqaro reytinglar hamda indekslarning axborot mazmuni, metodologik farqlari va ularni birgalikda qöllaş imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot xalqaro taşkilotlarning metodologiyalari va ilmiy adabiyotlarni qiyosiy-konseptual tahlil qilişga asoslanadi. Suveren kredit reytinglari, banklarning kredit reytinglari hamda moliyaviy rivojlaniş, moliyaviy inklyuziya, boşqaruv sifati va moliyaviy barqarorlik indikatorlari örtasidagi boğliqlik köp ölçovli baholaş modeli orqali izohlanadi. Natijada körsatkiçlarni normallaştiriş, ma'lumotlar manbalarining sifati va yangilaniş davriyligini tekşiriş hamda ularni riskka asoslangan boşqaruv qarorlari bilan boğlaş böyiça amaliy yondaşuv taklif etiladi. Kalit sözlar: bank boşqaruvi, xalqaro reyting, moliyaviy indeks, kredit riski, moliyaviy barqarorlik, moliyaviy inklyuziya, korporativ boşqaruv.