TA'LIMDA ROBOTOTEXNIKA VA SUN'IY INTELLEKTNI JORIY ETIŞNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Maqolada robototexnika va sun'iy intellekt (SI) texnologiyalarini texnologik ta'lim jarayoniga joriy etişning pedagogik imkoniyatlari ilmiy adabiyotlar tahlili asosida örganiladi. Tadqiqotning maqsadi – har ikki texnologiyaning öquvçilar kompetensiyalarini rivojlantirişdagi örnini aniqlaş hamda ularni özaro uyğunlaştirişga asoslangan loyihaviy modelni işlab çiqiş va nazariy jihatdan asoslaşdan iborat. Tadqiqot metodlari sifatida 2012–2026-yillarda naşr etilgan xorijiy tizimli şarhlar, meta-tahlillar hamda özbek olimlarining ilmiy işlari nazariy-analitik, kontent va qiyosiy tahlil usullari yordamida örganildi. Tadqiqot natijalariga köra, robototexnika öquvçilarda algoritmik fikrlaş, muammolarni hal qiliş va hamkorlik könikmalarini rivojlantirişi, sun'iy intellekt esa öquv faoliyatini tahlil qiliş, ta'lim jarayonini individuallaştiriş va tezkor fikr-mulohaza taqdim etiş imkonini berişi aniqlandi. Şuningdek, mazkur ikki texnologiyani özaro uyğunlaştirişga asoslangan tört bosqiçli loyihaviy model taklif etildi. Xulosa sifatida sun'iy intellekt öqituvçining örnini egallamasligi, balki uning pedagogik faoliyatini qöllab-quvvatlovçi vosita sifatida xizmat qilişi asoslandi. Taklif etilgan modelning amaliy samaradorligini keyingi pedagogik tajriba-sinov işlari orqali tekşiriş zarurligi ta'kidlandi. Kalit sözlar: robototexnika, sun'iy intellekt, texnologik ta'lim, algoritmik fikrlaş, loyihaviy ta'lim, fanlararo integratsiya, pedagogik imkoniyatlar.