QIZIL LOVIYA EKINIDA UCHRAYDIGAN ZAMBURUGʻLI KASALLIKLAR VA ULARNING HOSILGA KELTIRADIGAN ZARARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Maqolada qizil loviya (Phaseolus vulgaris L.) ekinida uchraydigan zamburugʻli kasalliklarning tur tarkibi, tarqalishi, rivojlanish darajasi va hosilga zarari oʻrganilgan. 2025–2026-yillarda olib borilgan marshrut kuzatuvlari va laboratoriya tahlillari natijasida oltita zamburugʻli kasallik: antraknoz, zang, un shudring, fuzarioz ildiz chirishi, oq va kulrang chirish aniqlandi. Fuzarioz ildiz chirishi (Fusarium solani f.sp. phaseoli), antraknoz (Colletotrichum lindemuthianum) va zang (Uromyces appendiculatus) eng keng tarqalgan kasalliklar ekanligi qayd etildi; ularning tarqalishi mos ravishda 22,8–26,3; 18,4–24,2 va 14,6–21,5% ni tashkil etdi. Kasalliklar hosilni 20,6–41,7% gacha kamaytirdi, eng katta yoʻqotish (41,7%) fuzarioz ildiz chirishiga toʻgʻri keldi. Qizil loviyani himoya qilishda sogʻlom urugʻlik olish, urugʻni dorilash, almashlab ekish va oʻsuv davrida kurash choralarini oʻz vaqtida oʻtkazish tavsiya etiladi.