Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

SCHOENOPLECTUS LACUSTRIS SUBSP. HIPPOLYTI O‘SIMLIGI EKSTRAKTINING YALLIG‘LANISHGA QARSHI VA IMMUNOMODULYATOR FAOLLIGINI EKSPERIMENTAL BAHOLASH

Islombek Abdumutalib o'g'li YusupovFarDU tayanch doktoranti, CAMU assistentiНазаров Отабек МамадалиевичFarDU Kimyo kafedrasi dotsenti, k.f.b.f.d (PhD)
2026
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Mazkur tadqiqotda Schoenoplectus lacustris subsp. hippolyti o‘simligi ekstraktining yallig‘lanishga qarshi va immunomodulyator faolligi eksperimental sharoitda baholandi. Tadqiqot oq laboratoriya sichqonlarida dekstran sulfat natriy (DSS) yordamida induksiya qilingan yallig‘lanish modeli asosida olib borildi. Hayvonlar nazorat va tajriba guruhlariga ajratilib, tajriba guruhiga o‘simlik ekstrakti qo‘llanildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, ekstrakt bilan davolash fonida umumiy leykotsitlar soni va yallig‘lanish biomarkeri hisoblangan interleykin-6 (IL-6) darajasi sezilarli darajada kamaydi. Ayniqsa, davolashning 7-kunida IL-6 konsentratsiyasi 14±11 pg/ml gacha pasayib, fiziologik me’yorlarga yaqinlashdi. Shuningdek, leykoformula ko‘rsatkichlarining normallashuvi va tana massasining tiklanishi qayd etildi. Olingan natijalar o‘simlik ekstraktining yallig‘lanishga qarshi ta’siri uning tarkibidagi flavonoidlar va boshqa biologik faol birikmalar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. Ushbu moddalar sitokinlar sintezini susaytirish va yallig‘lanish signal yo‘llarini ingibirlash orqali immun javobni modulyatsiya qiladi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba