Cd(II) TUZINI 2-AMINO 1,3,4-TIADIAZOL BILAN KOMPLEKS BIRIKMASINING TUZILISHINI FIZIK-KIMYOVIY USULLAR YORDAMIDA O‘RGANISH
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
2-amino-1,3,4-tiadiazol va Cd(II) tuzi bilan [Cd 2 (L) 3 (NO 3 ) 3 ∙(H 2 O) 2 ](NO 3 ) 2 tarkibli kompleks birikma sintez qilindi va sintez usuli ishlab chiqildi. Sintez qilingan kompleks birikmaning tarkibi, tuzilishi va xossalari fizik-kimyoviy metodlar: element analiz, IQ-spektroskopiya, termik analiz, rentgen tuzilish tahlili yordamida tahlil qilindi. Kompleks birikmaning tuzilishi Xirshfeld sirtini tahlili yordamida o‘rganildi. Xirshfeld yuza [Cd 2 (L) 3 (NO 3 ) 3 ∙(H 2 O) 2 ] ( NO 3 ) 2 molekulasi uchun standart yuqori sirt aniqligidan foydalangan holda d norm hisoblab chiqilgan. Rentgen tuzilish tahlil yordamida kristall strukturaning parametrlari, C atomiga bog‘langan vodorod atomlari hisoblangan. Kompleks birikma molekulalarining tekislikdagi va kristall yacheykada joylashuvi tahlil qilingan hamda birikmaning tuzilishi o‘rganilgan.