MILLIY QADRIYATLAR TUSHUNCHASINING PEDAGOGIK VA FALSAFIY MOHIYATI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Ushbu maqolada milliy qadriyatlar tushunchasining falsafiy va pedagogik mohiyati, uning shaxs ma’naviy dunyosini shakllantirish, milliy o‘zlikni anglash hamda ijtimoiy mas’uliyatni rivojlantirishdagi ahamiyati nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Milliy qadriyatlarning tarixiy xotira, madaniy meros, til, urf-odat, an’ana, axloqiy me’yorlar va ijtimoiy munosabatlar bilan uzviy aloqasi ochib beriladi. Shuningdek, milliy va umuminsoniy qadriyatlar o‘rtasidagi munosabat, ularni ta’lim-tarbiya jarayoniga integratsiyalashning pedagogik imkoniyatlari hamda zamonaviy ta’lim sharoitida qadriyatlar uzviyligini ta’minlash masalalari yoritiladi. Maqolada qadriyatlarga yo‘naltirilgan ta’limni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ilgari suriladi.