Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

MINTAQAVIY INVESTITSION-INNOVATSION SALOHIYATNING INTEGRAL INDEKSI VA HUDUDLAR TIPOLOGIYASI: ENTROPIYA USULI VA KLASTER TAHLILI

Quvvat XamrayevAbu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti “Iqtisodiyot” kafedrasi mustaqil izlanuvchisi
2026en
ABI

Annotatsiya

Maqolada mintaqaviy investitsion-innovatsion jarayonlarning infratuzilmaviy ta’minotini kompleks baholashga mo‘ljallangan integral indeks (IIS) taklif etilgan. Indeks investitsion, ishlab chiqarish va infratuzilmaviy bloklarga birlashtirilgan yetti ko‘rsatkich asosida shakllantirilib, ularning vaznlari Shennon entropiyasi usulida obyektiv aniqlandi. 2015-2024-yillar bo‘yicha 14 hudud uchun indeks hisoblandi, Uord usulida ierarxik klaster tahlili orqali hududlar to‘rt tipologik guruhga ajratildi. Indeksning tashqi validligi panel regressiyalar bilan tekshirildi: hududlararo kesimda indeks aholi jon boshiga YaHM farqlarining 75 foizini izohlaydi, hudud ichidagi dinamikada esa infratuzilmaviy sub-indeks keyingi yil YaHM darajasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Xorazm viloyati integral indeks bo‘yicha 11-o‘rinda bo‘lib, infratuzilmaviy blokda 5-o‘rinni, investitsion blokda esa 11-o‘rinni egallashi aniqlandi.

Hali tarjima qilinmagan

Iqtiboslar va manbalar