SOLIQ MA'MURIYATÇILIGIDA RAQAMLAŞTIRIŞ DARAJASI VA MA'MURIY NATIJADORLIKNI IKKI YÖNALIŞLI YIĞMA BAHOLAŞ USLUBIYATI
Annotatsiya
Maqolada soliq ma'muriyatçiligida raqamlaştiriş darajasi va ma'muriy natijadorlikni alohida yiğma indekslar orqali ölçaş va ularni birgalikda talqin qiliş uslubiyati işlab çiqilgan. Yiğma indekslar nazariyasidagi umumiy qoidalar soliq ma'muriyatçiligining xususiyatlariga moslaştirilgan: takrorlanmaslik va mexanik boğliqlikni istisno etiş qoidalari, qat'iy tayanç çegaralar asosida me'yorlaştiriş, iyerarxik teng vaznlaş, noaniqlik zonasiga ega ikki ölçovli matritsa hamda Monte-Karlo usulida toifa barqarorligini tekşiriş taklif etilgan. Uslubiyat «rasmiy raqamlaştiriş» holatini, ya'ni raqamli vositalar mavjud bölgani holda ma'muriy natija özgarmayotgan holatni aniqlaş imkonini beradi. Kalit sözlar: soliq ma'muriyatçiligi, raqamlaştiriş darajasi, ma'muriy natijadorlik, yiğma indeks, me'yorlaştiriş, ikki ölçovli matritsa, Monte-Karlo usuli, rasmiy raqamlaştiriş