Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

KIRUVCHI TURISTLAR SONINI HUDUDLAR KESIMIDA BAHOLASHNING RASMIY MANBALARNI MUVOFIQLASHTIRISHGA ASOSLANGAN USLUBI

Akbar JumayevToshkent davlat iqtisodiyot universiteti "Statistika" kafedrasi dotsenti, iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)
2026uz
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Maqolada Oʻzbekistonda kiruvchi turistlar soni faqat respublika boʻyicha hisoblanishi va joylashtirish vositalari statistikasi xorijiy tashrif buyuruvchilarning kichik qismini qamrab olishi bilan bogʻliq muammo tadqiq etilgan. Muammoni hal etish uchun chegara statistikasi, joylashtirish vositalari hisobotlari va demografik statistikani oʻzaro muvofiqlashtiruvchi "yuqoridan pastga" uslubi taklif etilgan. Unda kiruvchi turistlar tashrif maqsadi boʻyicha ikki guruhga ajratiladi: qarindoshlarni yoʻqlash maqsadida kelganlar kalibrlash koeffitsiyenti orqali hududlar aholisiga, boshqa maqsadlarda kelganlar esa joylashtirilganlar soniga mutanosib taqsimlanadi. Uslub ikki marta hisoblashni bartaraf etadi va hududiy baholar yigʻindisini rasmiy respublika koʻrsatkichiga tenglashtiradi. 2014–2025-yillar uchun hisob-kitoblar bajarilgan, natijalar mustaqil rasmiy koʻrsatkich bilan tekshirilgan (korrelyatsiya koeffitsiyenti 0,80–0,94). Hududiy turizm siyosatini statistik asoslash boʻyicha takliflar berilgan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba