TURIZM SOHASI BARQAROR RIVOJLANISHINI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISHNING TASHKILIY-IQTISODIY VA INSTITUTSIONAL MEXANIZMLARI SAMARADORLIGINI BAHOLASH
Annotatsiya
Mazkur maqolada O‘zbekistonda turizm sohasi barqaror rivojlanishini davlat tomonidan tartibga solishningtashkiliy-iqtisodiy va institutsional mexanizmlari hamda ularning samaradorligini baholash masalalari iqtisodiy jihatdan tadqiqetilgan. Turizm sohasini davlat tomonidan tartibga solishning tashkiliy tuzilmalari, iqtisodiy rag‘batlantirish vositalari, normativ-huquqiy va institutsional mexanizmlari, davlat-xususiy sheriklik munosabatlari hamda ularning turizm sohasi rivojlanishigata’siri tizimli tahlil qilingan. Davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlari samaradorligining turistik xizmatlar rivoji,investitsion faollik, turizm infratuzilmasi, bandlik va hududlarning turistik salohiyatidan foydalanish natijalari bilan o‘zarobog‘liqligi asoslangan. Tahlil natijasida turizm sohasi barqaror rivojlanishini ta’minlashda tashkiliy, iqtisodiy va institutsionalmexanizmlarning o‘zaro muvofiqligini kuchaytirish, ularning natijadorligini barqaror rivojlanish mezonlari asosida kompleksbaholash hamda davlat tomonidan tartibga solish vositalarini takomillashtirish zarurati asoslab berilgan