ISHLATILGAN Co–Mo/Al2O3 KATALIZATORLARIDAN MOLIBDEN VA KOBALTNI BOSQICHLI TANLAB ERITISH ORQALI AJRATIB OLISHNING TERMODINAMIK ASOSLARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Neftni gidrotozalash jarayonlarida hosil bo‘ladigan ishlatilgan Co–Mo/Al2O3 katalizatorlari xavfli chiqindi hisoblanadi, ayni paytda ular molibden va kobaltning boy ikkilamchi manbai bo‘lib xizmat qiladi. Tadqiqotning maqsadi – bunday katalizatorlarni oksidlovchi kuydirish va ikki bosqichli (ishqoriy, so‘ng sulfat kislotali) tanlab eritish orqali qayta ishlashning termodinamik asoslarini aniqlash hamda reagentlar sarfini baholash. Ulixning birinchi yaqinlashuvida MoS2, uglerod va SO2 ning oksidlanishi, MoO3, CoO va Al2O3 ning NaOH va H2SO4 bilan o‘zaro ta’siri reaksiyalari uchun Gibbs energiyalari hisoblandi, 1 t katalizator uchun moddiy balans tuzildi. Kuydirish bosqichida MoS2 ning MoO3 gacha oksidlanishi to‘liq termodinamik jihatdan ta’minlanishi, 779 °C dan past haroratlarda esa SO3 va sulfatlar hosil bo‘lishi mumkinligi ko‘rsatildi. Ishqoriy bosqichda bir mol NaOH hisobiga molibden uchun Gibbs energiyasi (–82,0 kJ) alyuminiyga (–17,1 kJ) nisbatan ancha manfiy, bu molibdenning tanlab erishini asoslaydi. Kislotali bosqichda reagent sarfini kobalt emas, alyuminiy oksidining erishi belgilaydi: Al2O3 ning 30 % i eriganda sulfat kislota sarfi 1 t katalizatorga 673 kg ga yetadi. 1 t katalizatordan 137 kg MoO3 va 19,8 kg kobalt olish mumkinligi baholandi. Natijalar neftni qayta ishlash korxonalari chiqindilarini kompleks qayta ishlash texnologiyasini loyihalashda qo‘llanilishi mumkin.
Hali tarjima qilinmagan