Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

2,5-DIBROMOBENZEN-1,4-DIKARBOKSILAT ASOSIDAGI UCH O‘LCHAMLI MARGANES(II) KOORDINATSION POLIMERINING KRISTALL TUZILISHI, RAMAN SPEKTROSKOPIYASI VA RENTGEN-FLUORESSENT TAVSIFI

Baxtiyor Chori o'g'li TursunovO‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti,Vazira Rustamxon qizi ObidjanovaO‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti,Xusan G'ayratali o'g'li MuxammadaliyevO‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti,Yo'ldosh Yusupboyevich YakubovO‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti,
2026
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada 2,5-dibromobenzen-1,4-dikarboksilat va $N,N$- dimetilformamid (DMF) asosidagi yangi uch o‘lchamli marganes(II) koordinatsion polimeri – poly[bis(2,5-dibromobenzene-1,4-dicarboxylato)(tris($N,N$- dimethylformamide))dimanganese(II)] birikmasining monokristall rentgen difraksiyasi (SCXRD), Raman spektroskopiyasi hamda rentgen-fluoressent (XRF) tahlil natijalari keltirilgan. Kristallografik tadqiqotlar birikmaning tetragonal singoniyada, $I4_1/a$ fazoviy guruhida kristallanishini ko‘rsatdi ($a = b = 38.9316(4)$ Å, $c = 8.9272(2)$ Å, $V = 13530.7(4)$ ų, $Z = 48$, $R = 0.0437$, $wR_2 = 0.1067$, $S = 1.03$). Uch o‘lchamli karkas Mn markazlarining dikarboksilat ligandlari kislorod atomlari orqali ko‘prikli bog‘lanishi hisobiga shakllanadi, koordinatsiyalangan terminal DMF molekulalari esa metallning lokal koordinatsion sferasini to‘ldiradi. Raman spektroskopik tahlili karkasning qattiq kristall tabiatini, ligandga xos tebranishlarni va past chastotali Mn–O panjara modalarini ($356.18\text{ sm}^{-1}$) tasdiqladi. Rentgen-fluoressent (XRF) spektri orqali material tarkibida Mn va Br elementlarining mavjudligi sifat jihatdan isbotlandi. Olingan natijalar materialning struktura va element tarkibi o‘zaro to‘liq mos kelishini ko‘rsatdi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar