Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

XIZMATLAR SEKTORINING RIVOJLANISH YO'NALISHLARI

Olimjon Narkulovich DjuraevQarshi davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi
2026uz
Ochiq kirishOlmos

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Xizmatlar sektorida mehnat resurslaridan foydalanishning hozirgi holati, globallashuv, raqamlashtirish va texnologik transformatsiyalar sharoitida mazkur sektorning iqtisodiy o'sish va rivojlanishdagi o'rni tahlil qilinadi. Xizmatlarning nomoddiy xususiyati, ularni ishlab chiqarish va iste'mol qilish jarayonlarining ko'pincha bir vaqtda amalga oshirilishi hamda inson omilining muhim ahamiyat kasb etishi xizmatlar sektorida mehnat resurslaridan samarali foydalanish zaruratini belgilovchi omillar sifatida ko'rib chiqiladi. Qashqadaryo viloyati misolida xizmatlar sektorida yangi ish o'rinlarini yaratish imkoniyatlari va mehnat resurslaridan foydalanishning o'ziga xos jihatlari o'rganiladi. Xususan, raqamli iqtisodiyot, axborot texnologiyalari, moliya, logistika va turizm yo'nalishlarining rivojlanishi natijasida mehnat resurslariga bo'lgan talabning sifat jihatidan o'zgarishi, yangi kasblar va kasbiy ko'nikmalarga ehtiyojning ortishi masalalariga e'tibor qaratiladi. Shuningdek, ta'lim tizimini mehnat bozori talablariga moslashtirish, kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish va mehnat bozorini modernizatsiya qilishning ustuvor yo'nalishlari yoritiladi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba