MAHALLIY BUDJET DAROMADLARINI PROGNOZLASH, STRESS-TEST VA FISKAL XAVFLARNI KOMPLEKS BAHOLASH METODOLOGIYASI
Annotatsiya
Tezisda 14 ta hudud va 206 ta tuman (shahar) budjetining 2025-yil ma'lumotlari asosida mahalliy budjetlar shoklarga qanchalik chidamli ekani baholangan. O'z daromadlari 10 foizga kamaysa, mahalliy budjetlarga 7,1 trln so'm, daromadlar 15 foizga kamayib, xarajatlar 5 foizga oshsa, 16,2 trln so'm qo'shimcha mablag' kerak bo'lishi aniqlangan. Stress-test va xavf xaritasini budjet jarayoniga kiritish tartibi taklif etilgan. Tezisda mahalliy budjet daromadlarining o'zgaruvchanligi va prognoz aniqligi tahlil qilingan. 2020-2025-yillarda o'z daromadlarining yillik o'sishi minus 21,1 foizdan plyus 34,7 foizgacha tebrangani, standart og'ish 20,4 foiz punktga teng ekani aniqlangan. Ssenariy tahlili, stress-test va mahalliy zaxira jamg'armasiga asoslangan xavflarni boshqarish metodikasi taklif etilgan.