LTA TIPIDAGI SEOLITNING ANGREN KAOLINI ASOSIDA SINTEZI VA SPEKTROSKOPIK (FTIR) TAHLILI
Annotatsiya
Mazkur maqolada Angren kaolining AKF-78 markasi asosida LTA tipidagi NaA seolitini sintez qilish va uning strukturaviy xususiyatlarini FTIR spektroskopiyasi yordamida tadqiq etish natijalari keltirilgan. Kaolinit 650 °C haroratda 5 soat davomida termik ishlov berilib, reaktiv metakaolinga aylantirildi. Metakaolin 2,5 M NaOH eritmasi bilan ishqoriy muhitda qayta ishlanib, hosil qilingan gel 90 °C haroratda 30 soat davomida gidrotermal kristallantirildi. Olingan mahsulot yuvilib, quritilgandan so‘ng FTIR usulida tahlil qilindi. Spektrda 3446 va 1653 cm-1 sohalaridagi signallar adsorbsiyalangan suv molekulalarining tebranishlariga, 1001 cm-1 dagi kuchli yutilish Si–O– Si va Si–O–Al bog‘larining asimmetrik valent tebranishlariga, 552 cm-1 dagi signal esa LTA strukturasiga xos D4R birliklariga tegishli ekanligi aniqlandi. Olingan FTIR natijalari Angren kaolini asosida LTA tipidagi NaA seolitining muvaffaqiyatli sintez qilinganligini tasdiqladi.
Hali tarjima qilinmagan