CHO‘L EKSTREMOFIL O‘SIMLIKLARINING EKOLOGIK VA GIDROEKOLOGIK MOSLANISHLARI (O‘simliklarning ekstremal sharoitlarga moslanish mexanizmlari bo‘yicha ilmiy sharh)
Litsenziya: other-oa
Annotatsiya
Maqolada cho‘l o‘simliklarining ekstremal muhitda yashovchanligini ta’minlovchi ekologik va gidroekologik mexanizmlar tahlil qilindi. Suv manbalari, ildiz tuzilishi, atmosfera namligi, gipsli substratlar, sho‘rlanish va biotik munosabatlarning moslanish jarayonlaridagi o‘rni umumlashtirildi. Suvdan foydalanish strategiyalarining tur xususiyatlari, ontogenez bosqichi, mavsumiy dinamika va tuproq tuzilishiga bog‘liqligi ko‘rsatildi. Tuman, shudring, gipsning kristallanish suvi hamda gidravlik qayta taqsimlanishning ekologik ahamiyati baholandi. O‘simliklar yashovchanligi suvni o‘zlashtirish, uning sarfini cheklash va hujayraviy stressga chidamlilikning o‘zaro bog‘liqligi asosida talqin qilinib, gidrologik imkoniyatlar bilan fiziologik cheklovlarni birgalikda baholash zarurligi asoslandi.