DISTRIBUTION AND ECOLOGY OF SEMENOVIANA PLOTNIKOVI (UVAROV, 1914) IN CENTRAL UZBEKISTAN
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Annotatsiya.Semenoviana plotnikovi (Uvarov, 1914) Markaziy Osiyo faunasiga xos Tettigoniidae vakili boʻ lib, Markaziy Oʻ zbekistondagi tarqalishi va biotop aloqalari maxsus tur darajasida yetarlicha umumlashtirilmagan.Tadqiqotning maqsadi muallifning Markaziy Oʻ zbekistonda olib borgan dala izlanishlarini Buxoro-Qorovulbozor, Navoiy-Qiziltepa, Samarqand-Urgut hamda Jizzax-Zomin va Nurota hududlaridagi qaydlar asosida tizimlashtirish, turning hududiy uchrashi hamda ekologik diapazonini baholashdan iborat.Barcha asosiy hisoblarda 50 × 2 m transekt, 60 daqiqalik faol kuzatuv va 100 sweep-net zarbasidan iborat standart protokol qoʻ llangan.Markaziy Oʻ zbekistonning beshta nuqtasida jami 76 individ qayd etilgan: Nurotada 24, Urgutda 22, Zominda 20, Qorovulbozor va Qiziltepada 5 tadan.Ulardan 45 tasi urgʻ ochi va 31 tasi erkak.Fargʻ ona vodiysi va Namangan boʻ yicha jami 45 individga oid ma'lumotlar hamda Arslonbobdagi bitta fotoqayd asosiy tanlanmaga qoʻ shilmay, hududiy taqqoslash uchun ishlatildi.Bir xil protokol asosiy nuqtalardagi qayd sonlarini tavsifiy qiyoslash imkonini berdi, biroq har bir nuqta bir sana bilan ifodalanganligi sababli farqlar populyatsiya zichligining barqaror statistik koʻ rsatkichi sifatida talqin qilinmadi.Natijalar turning Markaziy Oʻ zbekistonda arid tekislik, voha, togʻ oldi va togʻ biotoplarini qamrab olishini koʻ rsatdi.Kalit soʻ zlar: Semenoviana plotnikovi;
Hali tarjima qilinmagan