Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

XX ASR BOSHLARIDA SHARQIY TURKISTONDA TA’LIM MODERNIZATSIYASI: YANGI USUL MAKTABLARI VA TURKIY JAMOALAR O‘RTASIDAGI MA’RIFIY ALOQALAR

Sh. YuldashevO‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti tayanch doktoranti
2026uz
ABI

Annotatsiya

Maqolada XX asr boshlarida Sharqiy Turkistonda ta’lim modernizatsiyasi, yangi usul maktablari va ularning ijtimoiy ta’siri o‘zbek, uyg‘ur va ingliz tillaridagi ilmiy adabiyotlar asosida tahlil qilinadi. An’anaviy maktab, Sin hukumati maktablari va yangi usul maktablari taqqoslanadi. Shuningdek, Artush, G‘ulja, Qoshg‘ar va Guchung shaharlari misollarida uyg‘ur, o‘zbek va tatar jamoalarining ma’rifiy aloqalari ko‘rsatiladi. Manbalardagi qarama-qarshiliklar, jumladan, maktablarning ta’sis sanalaridagi farqlar ochib beriladi. Tadqiqotda tarixiy-qiyosiy tahlil va manba tanqidi usullaridan foydalanilgan. Tadqiqot yangi usul tashabbuslari mahalliy homiylar manfaatlari bilan bog‘liq bo‘lganini va ayrim hollarda ijtimoiy ziddiyatlarni keltirib chiqarganini ko‘rsatadi. Modernizatsiya yagona, izchil jarayon bo‘lmagani, u Sin hukumati siyosati, mahalliy homiylar tashabbusi va tashqaridan kelgan g‘oyalarning kesishuvida kechgani xulosa qilinadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba