Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

TOSHKENT VILOYATI HUDUDIDA UCHRAYDIGAN DALA QANDALASI (LYGUS PRATENSIS) NING BIOLOGIK VA EKOLOGIK XUSUSIYATLARI

Boltabayev AdamboyOʻzbekiston Milliy universiteti dots.v.b., b.f.f.dOlimaxon ErgashevaOʻzbekiston Milliy universiteti, dotsenti, b.f.f.dYo'ldoshev AzizbekOʻzbekiston Milliy universiteti, magistr talabasiRajapova FarangizOʻzbekiston Milliy universiteti, magistr talabasi
2026uz
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada Toshkent viloyati hududida uchraydigan dala qandalasi (Lygus pratensis (Linnaeus, 1758)) ning biologik va ekologik xususiyatlari hamda gʻoʻza agrotsenozidagi tarqalishi oʻrganilgan. Tadqiqotlar 2025-2026-yillarda Toshkent viloyatining Oqqoʻrgʻon tumanidagi gʻoʻza, beda va boshqa agrotsenozlarida hamda tabiiy ekotizmlarda olib borildi. Hasharotlarni yigʻish, saqlash va kolleksiya uchun tayyorlashda entomologiyada qoʻllaniladigan usullardan foydalanildi. Yigʻilgan na’munalar Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti entomologiya laboratoriyasida tur darajasigacha aniqlandi. Tadqiqot natijasida dala qandalasi (Lygus pratensis)ning gʻoʻza agrotsenozlarida uchrashi va oʻsimlikning vegetativ hamda generativ organlari bilan oziqlanishi, shuningdek, Toshkent viloyatining Toshkent, Yangiyoʻl, Oqqoʻrgʻon va Chinoz tumanlarida tarqalganligi aniqlandi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar