Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

O‘ZBEKISTONDA RHEUM MAXIMOWICZII NING EKOLOGIK NISHASI VA KELAJAKDAGI TARQALISHINI MAXENT MODELI ASOSIDA BAHOLASH

Raxmataliyev AbdullaTog'ayev AzizbekTermiz Iqtisodiyot va Servis Universiteti, Termiz, Surxondaryo, O‘zbekistonZohidov G'iyosiddinNamangan Davlat Universiteti, Namangan, O‘zbekistonAsatulloev TemurLuqmon Samiev
2026

Ochiq kirish: yoʻq

ABI

Annotatsiya

Rheum maximowiczii Losinsk. Markaziy Osiyoda tarqalgan, dorivor va oziq-ovqat ahamiyatiga ega tog‘ o‘simligidir. Ushbu tadqiqotning maqsadi turning O‘zbekiston hududidagi hozirgi va kelajakdagi potensial tarqalishini MaxEnt modeli yordamida baholash hamda uning geografik tarqalishini belgilovchi asosiy ekologik omillarni aniqlashdan iborat. 1970-2000-yillar, kelajak prognozlari 2041–2060 va 2061– 2080-yillar uchun RCP2.6 hamda RCP8.5 ssenariylarida bajarildi. Natijalarga ko‘ra, yillik yog‘in va eng sovuq chorakdagi yog‘in eng muhim omillar bo‘lib, harorat mavsumiyligi, balandlik, qiyalik va tuproq pH ham sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. 1970–2000-yillarda Rheum maximowiczii uchun eng qulay yashash muhiti 7 575,15 km² ni tashkil etdi. 2041–2060- yillarda bu ko‘rsatkich RCP2.6 da 7 544,28 km², RCP8.5 da 8 242,36 km², 2061–2080- yillarda esa mos ravishda 8 275,94 va 8 447,81 km² ni tashkil etdi. Ushbu natijalar R. maximowiczii ning tabiiy populyatsiyalarini saqlash, ularning holatini muntazam kuzatib borish hamda turning rivojlanishi uchun eng maqbul ekologik hududlarni belgilashda ilmiy asos sifatida qo‘llanilishi mumkin.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba