Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

ANDRAGOGIK YONDASHUVNING NAZARIY ASOSLARI VA UNI PEDAGOGLAR MALAKASINI OSHIRISHGA TATBIQ ETISH IMKONIYATLARI

Maftuna Sobirovna AvezovaBuxoro xalqaro universiteti
2026
ABI

Annotatsiya

Maqolada andragogik yondashuvning nazariy asoslari va uni pedagoglar malakasini oshirish tizimiga tatbiq etish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Andragogika tushunchasining genezisi A.Kapp, E.Lindeman, M.Noulz, D.Savichevich va rus andragogika maktabi ishlari asosida ochib beriladi; M.Noulzning kattalar o'rganuvchisi haqidagi olti tamoyili va andragogik jarayon modeli pedagoglar malakasini oshirish nuqtai nazaridan sharhlanadi. Andragogikaga qaratilgan tanqidiy qarashlar (A.Xartri, S.Brukfild, Sh.Merriam) hamda uni to'ldiruvchi nazariyalar (tajribaviy o'rganish, transformativ o'rganish, amaliyot hamjamiyatlari, o'z-o'zini boshqarib o'rganish, o'z-o'zini belgilash nazariyasi) tahlil qilinadi. Pedagogning kattalar o'rganuvchisi sifatidagi o'ziga xos xususiyatlari ("kuzatish orqali shogirdlik", kasbiy o'zlik, izomorfizm effekti) asoslanadi. Andragogik tamoyillarni malaka oshirish amaliyotiga o'tkazuvchi aniq mexanizmlar – ehtiyojlar diagnostikasi, o'quv shartnomasi, modulli tanlov, tajriba almashinuvi, refleksiv kundalik, amaliyotda sinash – taklif etiladi va ularning O'zbekiston sharoitidagi imkoniyatlari hamda cheklovlari ko'rsatiladi. Andragogik yondashuv o'z mohiyatiga ko'ra pedagog motivatsiyasini rivojlantirish yondashuvi ekani xulosa qilinadi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar