Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

INFLYATSIYA DARAJASINI HISOBLASH USULLARI VA UNING MAKROIQTISODIY BARQARORLIKKA TA'SIRI

2026uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Annotatsiya. Maqolada inflyatsiya darajasini hisoblashning asosiy usullari — iste’mol narxlari indeksi (INI), bazaviy inflyatsiya (chiqarib tashlash va kesilgan o‘rtacha usullari), ishlab chiqaruvchilar narxlari indeksi (ISHNI) hamda YaIM deflyatori — qiyosiy tahlil qilingan. Har bir ko‘rsatkichning hisoblash tartibi, afzalliklari va cheklovlari sonli misollarda ko‘rsatilgan. O‘zbekistonda 2026-yil yanvar–oktabr oylarida umumiy va bazaviy inflyatsiya dinamikasi o‘rganilgan, minimal iste’mol xarajatlarining 2021–2026-yillardagi o‘zgarishi tahlil etilgan. Muallif inflyatsiyani baholashda ko‘rsatkichlarni alohida emas, yagona tizim sifatida qo‘llash hamda pul-kredit siyosatida bazaviy inflyatsiyaga tayanish zarur, degan xulosaga kelgan. Kalit so‘zlar: inflyatsiya, iste’mol narxlari indeksi, bazaviy inflyatsiya, kesilgan o‘rtacha, ishlab chiqaruvchilar narxlari indeksi, YaIM deflyatori, minimal iste’mol xarajatlari, makroiqtisodiy barqarorlik. Аннотация. В статье проведён сравнительный анализ основных методов расчёта уровня инфляции: индекса потребительских цен (ИПЦ), базовой инфляции (методы исключения и усечённого среднего), индекса цен производителей (ИЦП) и дефлятора ВВП. Порядок расчёта, преимущества и ограничения каждого показателя показаны на числовых примерах. Изучена динамика общей и базовой инфляции в Узбекистане в январе–октябре 2026 года, проанализировано изменение минимальных потребительских расходов в 2021–2026 годах. Автор приходит к выводу, что показатели следует применять как единую систему, а в денежно-кредитной политике ориентироваться на базовую инфляцию. Ключевые слова: инфляция, индекс потребительских цен, базовая инфляция, усечённое среднее, индекс цен производителей, дефлятор ВВП, минимальные потребительские расходы, макроэкономическая стабильность. Abstract. The article provides a comparative analysis of the main methods of calculating the inflation rate: the consumer price index (CPI), core inflation (the exclusion and trimmed mean methods), the producer price index (PPI) and the GDP deflator. The calculation procedure, advantages and limitations of each indicator are demonstrated with numerical examples. The dynamics of headline and core inflation in Uzbekistan in January–October 2026 and the change in the minimum consumption expenditure in 2021–2026 are analyzed. The author concludes that these indicators should be used as a single system and that monetary policy should rely on core inflation. Keywords: inflation, consumer price index, core inflation, trimmed mean, producer price index, GDP deflator, minimum consumption expenditure, macroeconomic stability.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba