O‘QUVCHILARNING KOGNITIV QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK ASOSLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada o‘quvchilarning kognitiv qobiliyatlarini rivojlantirishning pedagogik va psixologik asoslari yoritilgan. Kognitiv qobiliyatlarning asosiy tarkibiy qismlari — idrok, diqqat, xotira, tafakkur, tasavvur va nutqning o‘quv faoliyatidagi ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, axborotni tahlil qilishi, muammoli vaziyatlarni hal qilishi va ijodiy yondashuvini rivojlantirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar hamda interfaol metodlarning o‘rni ko‘rib chiqilgan. Maqolada o‘quvchilarning yosh va individual-psixologik xususiyatlarini hisobga olish, ta’lim jarayonida ijobiy psixologik muhit yaratish va o‘quvchilarning bilishga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirish kognitiv rivojlanishning muhim shartlari sifatida asoslangan.
Hali tarjima qilinmagan