TABIIY SHO‘RLANISH SHAROITIDA GLITSIRIZIN KISLOTA:INDOL MOY KISLOTA SUPRAMOLEKULYAR KOMPLEKSI VA MIKROBIOVAK TA’SIRIDA BUG‘DOY HAMDA G‘O‘ZADA ANTIOKSIDANT HIMOYA GENLARI EKSPRESSIYASI
Annotatsiya
Tadqiqotda Sirdaryo viloyatining tabiiy sho‘rlangan tuproqlarida (EC = 6,1–6,3 dS/m) bug‘doyning Vassa va g‘o‘zaning Ravnaq-1 navlarida 2GK supramolekulyar kompleksi hamda uning Mikrobiovak bilan kombinatsiyasining antioksidant himoya genlari ekspressiyasiga ta’siri o‘rganildi. Genlarning nisbiy ekspressiyasi RT-qPCR va 2⁻ΔΔCt usuli asosida uchta biologik takrorda baholandi. Qo‘shma ishlov natijasida Vassa navida TaSOD2, TaCAT1, TaAPX1 va TaGR genlari ekspressiyasi nazoratga nisbatan mos ravishda 3,60; 4,44; 2,35 va 3,12 martani, Ravnaq-1 navida esa GhSOD va GhCAT ekspressiyasi 4,20 va 3,44 martani tashkil etdi. Natijalar 2GK va Mikrobiovak kombinatsiyasi tabiiy sho‘rlanish sharoitida antioksidant himoya genlarining ekspressiyasini kuchaytirishi va bu javob genlarga qarab farqlanishini ko‘rsatdi.
Hali tarjima qilinmagan