TO‘DAKO‘L SUV HAVZASIDAGI OQ SLA BALIG’I (SANDER LUCIOPERCA L.)NING AYRIM MORFOMETRIK KO‘RSATKICHLARI
Annotatsiya
Oq sla xalq xo‘jaligi uchun muhim ov. baliqlaridan biri hisoblanadi Mazkur turekologiyasi, yashash muhiti va biologik xususiyatlarini o‘rganish baliqchilik xo‘jaliklari va tabiiy ekotizimlar barqarorligi uchun muhimdir.Mazkur tadqiqotda Zarafshon daryosi quyi oqimi suv havzalari bilan bog‘liq To‘dako‘l suv havzasidan 2026-yil aprel oyida olingan oq sla — Sander lucioperca (Linnaeus, 1758) namunalarining ayrim morfometrik ko‘rsatkichlari o‘rganildi. Tadqiqot materiali 13 ta namunadan iborat bo‘lib, ulardan 2 tasi erkak va 11 tasi urg‘ochi ekanligi qayd etildi. Har bir namunada umumiy uzunlik (TL), standart uzunlik (SL) va tana massasi ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. TL 39,6–71,0 sm, SL 34,4–62,1 sm, tana massasi 403,0–1861,2 g oralig‘ida bo‘ldi. TL ning o‘rtacha qiymati 51,24±2,46 sm, SL 44,67±2,18 sm, tana massasining o‘rtacha qiymati 999,77±131,68 g ni tashkil etdi. SL ning TL ga nisbati 87,15±0,35% bo‘ldi. Natijalar To‘dako‘l sharoitida uchraydigan oq sla namunalarining o‘lcham-massa variatsiyasini tavsiflovchi dastlabki ma’lumotlar sifatida baholandi.