SHO‘R STRESSI OSTIDA G‘O‘ZA DURAGAYLARINING MORFOBIOLOGIK O‘ZGARUVCHANLIGI
Ochiq kirish: yoʻq
Annotatsiya
Tuproq sho‘rlanishi qishloq xo‘jaligida hosildorlikni cheklovchi asosiy abiotik omillardan biri bo‘lib, unga bardoshli genotiplarni aniqlash dolzarb vazifa hisoblanadi. Mazkur tadqiqotda turli genetik kelib chiqishga ega bo‘lgan g‘o‘za navlari va ularning duragay avlodlarida sho‘rlanish omili ta’sirida o‘sish ko‘rsatkichlarining o‘zgaruvchanligi qiyosiy o‘rganildi. Morfologik ko‘rsatkichlar natijasida o‘simlik massasi va poya uzunligi o‘rtasidagi korrelyativ bog‘liqlik hamda populyatsiya ichidagi variatsiya koeffitsientlari aniqlandi. Tadqiqot ob’ektlari orasida F1 Nihol x S-6570 stressli muhitda ham yuqori o‘sish salohiyatini saqlab qolishi bilan ajralib turdi. S-6585 navida kuzatilgan kuchli tabaqalanish esa (V=81,3%) ushbu genotipning sho‘rga chidamlilik bo‘yicha genetik bir xilligi past ekanligidan dalolat beradi. Maqolada keltirilgan xulosalar sho‘rga chidamli g‘o‘za seleksiyasida boshlang‘ich material tanlash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.