Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

MORPHOLOGICAL AND PHYTOGEOGRAPHICAL CHARACTERISTICS AND CONSERVATION PROBLEMS OF PLOCAMA VASSILCZENKOI (LINCZ.) M. BACKLUND & THULIN IN THE FERGANA VALLEY

Maxmudov M.I.Namangan davlat universiteti
2026en
ABI

Annotatsiya

Annotatsiya: Mazkur maqolada Rubiaceae Juss.oilasiga mansub, Fargʻ ona vodiysining tor arealli endem turi hisoblangan Plocama vassilczenkoi (Lincz.)M. Backlund & Thulin turining morfologik, fitogeografik va ekologik xususiyatlari hamda muhofaza masalalari kompleks yoritilgan.2024-2026-yillarda Namangan va Fargʻ ona viloyatlarining adir va togʻ oldi hududlarida oʻ tkazilgan dala tadqiqotlari, TASH va FRU gerbariy fondlari materiallari, shuningdek GBIF, POWO va IPNI xalqaro elektron ma'lumotlar bazalari asosida turning 1915-2025-yillarga oid 34 ta uchrash nuqtasi tahlil qilindi.Tadqiqot natijalariga koʻ ra, tur asosan Chorkesar (58,8%), Janubiy Chotqol (35,3%) va Sharqiy Oloy (5,9%) botanik-geografik rayonlarida, dengiz sathidan 406-1221 m balandlik oraligʻ ida, skeletli va gipslashgan boʻ z tuproqlarda tarqalgan boʻ lib, uning ekologik optimumi 500-800 m balandlikka toʻ gʻ ri keladi.BIOMOD2 platformasida amalga oshirilgan ensemble bioiqlimiy modellashtirish SSP245 iqlim ssenariysi boʻ yicha 2080-2100-yillarga kelib turning tarqalish areali (EOO) 27-38%, egallanish maydoni (AOO) esa 39-53% ga qisqarishini bashorat qildi.GeoCAT vositasi yordamida hisoblangan EOO (≈12 932 km²) va AOO (≈120 km²) koʻ rsatkichlari hamda populyatsiyalarning kichik va parchalanganligi asosida tur IUCN mezonlariga koʻ ra EN (Endangered -Xavf ostida) kategoriyasiga kiritildi.Tadqiqot natijalari asosida in-situ va ex-situ muhofaza chora-tadbirlari, jumladan yangi muhofaza hududlarini tashkil etish, yaylov boshqaruvi, urugʻ bankini yaratish va reintroduksiya dasturi ishlab chiqildi.Kalit soʻ zlar: Plocama vassilczenkoi, Rubiaceae, endem tur, Fargʻ ona vodiysi, fitogeografiya,

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar