Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

TA’LIM LOYIHALARIDA XUSUSIY INVESTITSIYALAR VA ULARNING RENTABELLIGINI OSHIRISH MEXANIZMLARI

Ibragimova Mashxura Uchqun qiziO’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti
2026en
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada ta’lim sohasida xususiy investitsiyalarni jalb etishning iqtisodiy ahamiyati hamda ularning rentabelligini oshirish mexanizmlari tahlil qilinadi. Xususan, ta’lim loyihalarini moliyalashtirishda xususiy sektor ishtirokining roli, investitsiya samaradorligini belgilovchi omillar va zamonaviy boshqaruv yondashuvlari o‘rganiladi. Tadqiqot davomida davlat-xususiy sheriklik (PPP) mexanizmlari, innovatsion ta’lim loyihalari va raqamli texnologiyalarning investitsiya qaytimi darajasiga ta’siri baholanadi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, ta’lim loyihalarida samarali boshqaruv, shaffoflik va risklarni to‘g‘ri boshqarish xususiy investitsiyalar rentabelligini sezilarli darajada oshiradi. Shuningdek, ta’lim sohasida investitsiya jozibadorligini kuchaytirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqiladi.

Hali tarjima qilinmagan

Iqtiboslar va manbalar