Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

MAKTAB O‘QUVCHILARINI KASBGA YO‘NALTIRISHNI STRATEGIK BOSHQARISHNING XORIJIY MODELLARI VA ULARNI O‘ZBEKISTON SHAROITIGA ADAPTATSIYA QILISH

Suleymanova Dilfuza VaxidovnaOriental universiteti mustaqil tadqiqotchisi Toshkent, O‘zbekiston
2026en
ABI

Annotatsiya

Maqolada Angliya, Finlandiya, Singapur, Germaniya va Yaponiyada maktab o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirishni strategik boshqarish modellari qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi xorijiy tizimlarning boshqaruv mexanizmlari, sifat kafolati, individual qo‘llab-quvvatlash, mehnat bozori bilan integratsiya va raqamli axborot ta’minoti xususiyatlarini aniqlash hamda ularni O‘zbekiston umumiy o‘rta ta’lim tizimiga moslashtirishning ilmiy asoslangan yo‘llarini ishlab chiqishdan iborat. Rasmiy siyosiy hujjatlar, xalqaro tashkilotlar hisobotlari va ilmiy tadqiqotlar kontent-tahlil, qiyosiy siyosiy tahlil, funksional xaritalash va ilmiy sintez metodlari orqali o‘rganildi. Natijada Angliyaning standartlashtirish va natijadorlikni baholash, Finlandiyaning uzluksizlik va multidisiplinar hamkorlik, Singapurning kasbiy rivojlanish kompetensiyalari va raqamli portfel, Germaniyaning maktab–bandlik xizmati–ish beruvchi integratsiyasi, Yaponiyaning hudud–sanoat–ta’lim koordinatsiyasi tajribalarini birlashtiruvchi integrativ-adaptiv mexanizm taklif etildi. Xorijiy modelni to‘liq ko‘chirish emas, balki funksional seleksiya, institutsional moslashtirish va monitoringga asoslangan bosqichma-bosqich joriy etish maqsadga muvofiqligi asoslandi.

Hali tarjima qilinmagan

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba