Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

NAMANGAN SHAHAR TUPROQLARINING OG‘IR METALLAR VA NEFT MAHSULOTLARI BILAN ANTROPOGEN IFLOSLANISHI: ADABIYOTLAR TAHLILI

Valijon IsaqovQo‘qon davlat universiteti, biologiya fanlari doktori, professorShahboz Zafarjon o'g'li SolijonovQo‘qon davlat universiteti, tayanch doktorant
2026uz

Ochiq kirish: yoʻq

ABI

Annotatsiya

Urbanizatsiya, transport oqimlari va sanoat-xizmat ko‘rsatish infratuzilmasining kengayishi shahar tuproqlariga tushadigan antropogen yuklamani kuchaytirmoqda. Maqolada Namangan shahar tuproqlarining og‘ir metallar va neft mahsulotlari bilan ifloslanish muammosi xalqaro, mintaqaviy va O‘zbekiston bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar hamda O‘zgidromet monitoring ma’lumotlari asosida tahlil qilindi. Urban tuproqlarda Pb, Cd, Zn, Cu, Cr va Ni transport, sanoat, chiqindilar va yoqilg‘i-moylash materiallari bilan bog‘liq holda to‘planishi; Olmaliq sanoat hududi va Mingbuloq neft koni atrofidagi tuproqlarda ifloslanishning manbadan uzoqlashgan sari kamayuvchi gradienti kuzatilishi ko‘rsatildi. O‘zgidromet monitoringida Namangan shahri uchun kislotada eruvchan mis va rux, neft mahsulotlari hamda sulfatlar ustuvor ifloslantiruvchilar sifatida qayd etilgan, biroq ayrim yillarda Pb, Zn, As va Hg ning o‘rtacha miqdorlari me’yordan oshmagan. Ifloslanishni “manba → tuproq xossalari → harakatchanlik → ekologik xavf” zanjiri asosida baholashning konseptual modeli va kelgusidagi dala-laboratoriya tadqiqotlari uchun ustuvor ko‘rsatkichlar taklif etildi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba