TEZ OʻZGARUVCHI OB-HAVO SHAROITIDA ISHLATILADIGAN TRANSPORT VOSITALARI KORPUS DETALLARINI KORROZIYADAN HIMOYA QILISH UCHUN POLIMER ASOSIDAGI QOPLAMALARNI
Annotatsiya
Tez o'zgaruvchan iqlim va ob-havo sharoitida ekspluatatsiya qilinadigan transport vositalari korpus detallarining korroziyaga chidamliligini oshirish masalalari tadqiq etilgan. Haroratning keskin tebranishlari, yuqori namlik va agressiv atmosfera muhiti ta'sirida metall detallarning korroziyaviy yemirilish jarayonlari tahlil qilingan. Besh xil tarkibdagi (K-1–K-5) polimer asosidagi himoya qoplamalarining adgeziyasi, quruq qoplama qalinligi, zarbaga chidamliligi, egilishdagi elastikligi, qattiqligi, korroziyaga chidamliligi, ishlash muddati va sovuqqa chidamliligi tegishli GOST standartlari talablari asosida sinovdan o'tkazilgan. Tadqiqot natijalari asosida tez o'zgaruvchan iqlim va ob-havo sharoitida ekspluatatsiya qilinadigan transport vositalari uchun maqbul qoplama tarkibi tanlangan.