Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

ZARAFSHON VOHASI CHAKANDAZORLARIDA IKKI QANOTLILAR (DIPTERA) FAUNASI VA RHAGOLETIS BATAVA HERING, 1958 NING MEVALARNI ZARARLASH DARAJASI

Burxon FayzullayevDilshod MalikovNavoiy davlat universiteti
2026uz
ABI

Annotatsiya

Maqolada Zarafshon vohasi chakandazorlarida (Hippophae rhamnoides L.) ikki qanotlilar (Diptera) turkumi vakillarining tur tarkibi, trofik guruhlari hamda asosiy karpofag — chakanda mevaxo‘r pashshasi Rhagoletis batava Hering, 1958 ning mevalarni zararlash darajasi va fenologiyasi bayon etilgan. 2022–2026-yillarda daryo bo‘ylab 880–500 m balandliklar oralig‘ida joylashtirilgan 12 ta doimiy kuzatuv nuqtasida olib borilgan tadqiqotlar natijasida turkumga mansub 5 ta takson qayd etildi; shundan 3 tasi chakanda bilan trofik bog‘langan, 2 tasi biotop hamrohi hisoblanadi. 2024–2025-yillarda tahlil qilingan 3290 ta mevaning 1940 tasi (59,0%) R. batava lichinkalari bilan zararlangan. Yillar o‘rtasidagi farq statistik jihatdan ishonchli (χ² = 87,0; p < 0,001). Mahalliy sharoitga kalibrlangan samarali harorat yig‘indisi modeli ishlab chiqilib, 380 m balandlik farqi rivojlanish bosqichlarini 15–16 kunga siljitishi aniqlandi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar