Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

BUDJET MABLAG'LARIDAN SAMARALI VA SHAFFOF FOYDALANISH: DAVLAT XARIDLARI RAQOBATI VA TASHABBUSLI BUDJET MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH

A. SharipovIqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD) Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali
2026uz
Ochiq kirishOlmos

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Tezisda budjet mablag'laridan samarali va shaffof foydalanishning ikki yo'nalishi – davlat xaridlarida raqobatni kengaytirish va tashabbusli budjet mexanizmini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Raqobatsiz xaridlar ulushi 2024-yildagi 46 foizdan 2025-yilda 43 foizga qisqargani, PF-259-son farmon bilan 2030-yilgacha raqobatli usullar ulushini 80 foizga yetkazish maqsadi belgilangani ko'rsatilgan. Auksion nazariyasidagi kutilayotgan eng past narx modeli asosida ishtirokchilar sonini ikkitadan to'rttaga oshirish narxni 4,7 foizga pasaytirishi va davlat kompaniyalari xaridlarida ikki yilda taxminan 0,9 trln so'm tejash imkonini berishi asoslangan. Tashabbusli budjet mahalliy moliyaning eng ommabop vositasiga aylangani, 2026-yil II mavsumida 3 188,8 mlrd so'm ajratilib, 10,1 mln ovoz berilgani va 2 612 ta loyiha g'olib bo'lgani qayd etilgan. Tadqiqot natijasida xaridlarda raqobatni kengaytirish, ochiq indikatorlarni joriy etish hamda tashabbusli budjetning halolligi va adolatliligini oshirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqilgan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba