HIMOYALANGAN JOYLARDA TARQALGAN ZARARKUNANDALARINING TUR TARKIBI, TARQALISHI HAMDA KELTIRADIGAN ZARARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Maqolada 2020–2022-yillarda Toshkent va Qashqadaryo viloyatlari issiqxonalarida bodring ekinida uchraydigan so‘ruvchi zararkunandalar — shiralar, oqqanotlar va tripslarning tur tarkibi hamda tarqalishi yoritilgan. Kuzatuv jadvalida to‘rtta tur qayd etilgan: poliz shirasi (Aphis gossypii), shaftoli shirasi (Myzus persicae), issiqxona oqqanoti (Trialeurodes vaporariorum) va tamaki tripsi (Thrips tabaci). Jadval ma’lumotlariga ko‘ra, poliz shirasi va issiqxona oqqanoti har ikki viloyatda, shaftoli shirasi va tamaki tripsi esa faqat Toshkent viloyatida uchragan. Zararkunanda namunalari laboratoriya sharoitida voyaga yetgan bosqichigacha boqilib, ularning ayrim bioekologik xususiyatlari kuzatilgan. Maqolada zararkunandalarning o‘simlikka yetkazadigan zarari hamda himoyalangan tuproq sharoitida monitoring va uyg‘unlashgan himoya choralarining ahamiyati bayon etiladi.
Hali tarjima qilinmagan