Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI FAROVONLIGINI OSHIRISHDA BUDJET MABLAG‘LARIDAN SAMARALI FOYDALANISH YO‘LLARI

Abdulboqiyev Yodgorbek Akmaljon o'g'liO’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi 1-bosqich magistrantiJaxongir Isroilovich TursunovO’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi “Moliya” kafedrasi mudiri, DSc, Professor
2026en
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirishda davlat budjeti mablag‘laridan samarali foydalanishning iqtisodiy, ijtimoiy va institutsional jihatlari tadqiq etilgan. Davlat moliyasining ijtimoiy himoya, bandlikni ta’minlash, ta’lim, sog‘liqni saqlash va hududiy infratuzilmani rivojlantirishdagi ahamiyati ilmiy manbalar asosida yoritilgan. O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan davlat siyosati, manzilli ijtimoiy yordam mexanizmlari va budjet xarajatlarining natijadorligini oshirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda Jahon banki, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlarning ilmiy-uslubiy yondashuvlaridan foydalanilgan. Natijada budjet mablag‘larini ehtiyojmand aholiga aniq yo‘naltirish, dasturlar samaradorligini baholash, moliyaviy nazoratni kuchaytirish hamda inson kapitaliga investitsiyalarni kengaytirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

Hali tarjima qilinmagan

Iqtiboslar va manbalar