Islom, nasroniy va yahudiy dinlarida ilohiy ismlarning tadqiqi masalalariga doir
Annotatsiya
Mazkur maqola yahudiylik, nasroniylik va islom dinlarida ilohiy ismlarning o'rni va ahamiyatini lingvistik nuqtayi nazaridan qiyosiy tahlil qiladi. Muqaddas matnlarda ismlarning semantik, lingvistik, antropologik va falsafiy xususiyatlari ko'rib chiqilib, ularning diniy identitet va teologik qarashlarni shakllantirishdagi roli yoritiladi. Frege, Rassel, Vitgenshteyn va Kripke kabi faylasuflarning nazariyalari asosida ismlarning "ma'no" va "referent" o'rtasidagi munosabatlari tahlil qilinadi. Yahudiylikda ismlar mohiyatni ifodalovchi belgilar sifatida, nasroniylikda metaforik va transsendental ma'noda, islomda esa Allohning 99 ismi orqali ilohiy sifatlarni ochib beruvchi vosita sifatida ko'rib chiqiladi. Maqola qiyosiy dinshunoslik masalalarini lingvistik aspektda tahlil qilish orqali metodologik muammolarni ko'rsatadi va dinlararo muloqot uchun umumiy til yaratish imkoniyatlarini ta'kidlaydi.