Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

TIJORAT BANKLARIDA RAQAMLI BOSHQARUV SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING TASHKILIY- IQTISODIY MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH

2026uz
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Maqolada O'zbekiston tijorat banklarida raqamli boshqaruv samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari tadqiq etilgan. 2023–2025-yillar tahlili raqamli kanallar jadal o'sgani — mobil ilovalar orqali operatsiyalar hajmi 1,6 barobar oshib, 646 trln so'mga yetgani, raqamli identifikatsiyadan o'tgan mijozlar soni 6,8 mln kishidan 12,2 mln kishiga ko'paygani, kartalarga tushumlarni naqdlashtirish ulushi 21,8 foizdan 18,7 foizga pasaygani holda banklarning moliyaviy samaradorligi beqaror bo'lganini ko'rsatdi: aktivlar rentabelligi 2023-yildagi 2,6 foizdan 2024-yilda 1,4 foizga tushib, 2025-yilning I yarmida 2,0 foizgacha tiklangan, operatsion xarajatlar esa sof foizli daromaddan tezroq o'sgan (2024-yilda 21 foiz va 18 foiz, 2025-yilning I yarmida 29 foiz). Kiberhujumlarni beshta asosiy tizimli risk qatoriga kiritgan banklar ulushi 2024-yilda 43 foizni, 2025-yilda 26 foizni tashkil etgan. Bu kanallarni raqamlashtirish boshqaruvni raqamlashtirishdan oldinda ekanini ko'rsatadi. Bankda raqamli boshqaruv yetukligi matritsasi hamda kuzatuv kengashi darajasida IT-boshqaruv, ma'lumotlarni boshqarish, raqamli KPI tizimi va kiberrisklarni integratsiyalashgan boshqarishni o'z ichiga olgan tashkiliy-iqtisodiy mexanizm taklif etilgan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba