Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

MOSH EKINIDA ENG KO‘P UCHRAYDIGAN BEGONA O‘TLAR TUR, MIQDORLARI VA ZARARLASH DARAJASI

2026uz
ABI

Annotatsiya

Begona o‘tlar tuproqdagi namlik, ozuqa moddalari va mineral o‘g‘itlarni, qishloq xo‘jaligi ekinlarining o‘sishi va rivojlanishining asosiy omillarini madaniy ekinlarga qaraganda ancha ko‘p o‘zlashtiradi. Natijada hosildorlik 20–23 foizga kamayadi, kuchli zararlangan hollarda esa umuman hosil olinmasligi ham mumkin. Mosh maydonlarida begona o‘tlar soni ko‘payib ketganda avvalambor agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli olib borilmaganligidadir. Begona o‘tlarga qarshi kurashish uchun avvalo ularning tarqalishi sabablari aniqlanishi lozim. Ular asosan dala chetlari, ariq, zovur, yo‘llar atroflari, ekinsiz maydonlarda o‘sayotgan begona o‘tlarning urug‘lari pishib yetilgunga qadar tozalanmaganda haddan ziyod ko‘payib ketadi va urug‘lari suv, hayvonlar, qushlar orqali keng tarqalib ketadi. Undan tashqari ekinlar orasiga ishlov bermaslik evaziga begona o‘t urug‘lari yerga sochilishi, yaxshi chiritilmagan go‘ng va sifatsiz tayyorlanadigan sharbatlardan ham tarqalish xavfi kattadir.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba