INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARI EKOLOGIK DISKURSIDA NEOLOGIZMLARNING STRUKTURAVIY-SEMANTIK XUSUSIYATLARI
Ochiq kirish: yoʻq
Annotatsiya
Ushbu maqola ingliz va o‘zbek tillari ekologik diskursida neologizmlarning shakllanishi va semantic evolyutsiyasini o‘rganadi. Atrof-muhit bilan bog‘liq muammolar tor ilmiy doiralardan keng ommaviy axborot vositalariga ko‘char ekan, tillar yangi leksik birliklar yaratish orqali bunga moslashadi. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, ingliz tili morfologik birlashish (blending) va so‘z qo‘shish (compounding) usullariga moyil bo‘lsa, o‘zbek tilida asosan kalkalash (nusxa ko‘chirish) hamda mavjud bo‘lgan yashil (green) kabi terminlarning semantik kengayishi metodlaridan foydalaniladi Tadqiqot natijalari tilshunoslik rivojlanishiga ijtimoiy-madaniy ta’sirni va global ekologik terminologiyada ingliz tilining asosiy donor til sifatidagi rolini ta’kidlaydi.
Hali tarjima qilinmagan