KUNJUT (SESAMUM INDICUM L.) NING OZUQAVIY VA BIOKIMYOVIY QIYMATI HAMDA LABORATORIYADA UNISH XUSUSIYATLARINI O‘RGANISH
Annotatsiya
Kunjut (Sesamum indicum L.) qishloq xo‘jaligi, farmasevtika, oziq- ovqat sanoati va ekinlar xilma-xilligida muhim ahamiyatga ega. U qurg‘oqchil sharoitlarga chidamli, moyliligi yuqori (45–63 %) va ozuqaviy qiymati boy o‘simlik hisoblanadi. Maqolada kunjutning kelib chiqishi (Afrika, Hindiston va Markaziy Osiyo markazlari, xonakilashtirish asosan, Hindistonda), turlarining sitogenetik tasnifi (diploid 2n=26 va 2n=32, allotetraploid 2n=64 guruhlari), biokimyoviy tarkibi (yog‘ kislotalari – olein va linol asosiy, oqsillar 19–25 %, minerallar, B va E vitaminlari, lignanlar – sesamin, sesamolin) hamda laboratoriyada urug‘ unishini o‘rganish metodikasi yoritilgan. Tadqiqotda urug‘lar sterilizatsiya qilinib, nazorat eritmalarida ivitilib, 25–26 °C da 7 kun davomida unish tezligi va kuchi aniqlangan. Natijalar kunjutning ozuqaviy va salomatlik uchun foydali xususiyatlarini tasdiqlaydi hamda uning yetishtirish va sanoat ahamiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Hali tarjima qilinmagan