O'zbek va ingliz tillarida atov gaplarning kommunikativ-pragmatik funksiyalari
Annotatsiya
Mazkur maqolada o'zbek va ingliz tillaridagi atov gaplarning kommunikativ-pragmatik xususiyatlari qiyosiy aspektda tahlil qilinadi. Atov gaplar faqat narsa-hodisani nomlovchi sintaktik birlik sifatida emas, balki muayyan nutqiy vaziyatda so'zlovchining kommunikativ niyatini ifodalovchi, nutq aktini ro'yobga chiqaruvchi vosita sifatida ko'rib chiqiladi. Tadqiqotda atov gaplarning konstatatsiya, ogohlantirish, buyruq-undash, taklif, baho va emotsional munosabat ifodalash kabi pragmatik funksiyalari aniqlanib, ularning ikki tildagi umumiy va farqli jihatlari ochib beriladi. Natijalar atov gaplarning pragmatik salohiyati intonatsiya, kontekst va ekstralingvistik omillar bilan uzviy bog'liq ekanini ko'rsatadi.